Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
14 Декабр 2018 15:48

KUCHLI MOTIVATSIYA BERUVCHI UCHRASHUV

2018 yil 14 dekabr kuni Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasi hamda SHarqiy yevropa bilan ekologik muvozanat va qishloq xo’jaligi ittifoqi “LOGO e.V.” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019 yilda O’zbekistonlik talabalar va yosh mutaxassislarni Germaniyada stajirovka o’tashlarini tashkil etish bo’yicha seminar o’tkazildi. Ushbu stajirovka dasturi asosan qishloq xo’jaligi (chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog’dorchilik, baliqchilik va hokazo) hamda turizmni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, Germaniyaning ekologik qishloq xo’jaligi kompaniyalarida tashkil etilishi nazarda tutilgan.

SHunga muvofiq. Loyihani amalga oshirish maqsadida “LOGO e.V.” kompaniyasi raxbari janob Xartvig Mennen mazkur seminarda talabalarga Germaniyada amaliyot o’tashning o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklari, amaliyot uchun tanlov shartlari va boshqa qiziqarli ma’lumotlarni batafsil taqdimot yordamida tushuntirdi. Uchrashuvga to’plangan 60 dan ziyod talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarni nemis va ingliz tillarida berib, to’laqonli javob oldilar. O’z navbatida janob Xartvig Mennen yaqin kunlarda hamkorlik shartnomasi imzolab, talabalarga horijiy amaliyotlar uchun tanlovlar o’tkazilishiga umid bildirildi.

SHuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasining faoliyat mazmunini Bahodirjon G’aniyev tomonidan juda qiziqarli motivatsiya beradigan tarzda tushuntirildi. Jahonning yetakchi 500 ta universitetlarida ta’limning magistratura va doktorantura bosqichlarida o’qish uchun grantlar olishning imkoniyatlari va tartibi to’g’risida tushuntirdi.

Mazkur uchrashuv unda qatnashgan iqtidorli talabalarning qalbida kuchli qiziqish uyg’otib «El-yurt umidi» jamg’armasining keyingi tanlovlarida faol qatnashishga va ajratilgan grantlarning katta qismi Andijonlik yoshlarga g’olib sifatida nasib etishiga zamin yaratdi.

LOGO e.V (1).jpg

LOGO e.V (2).jpg

LOGO e.V (3).jpg

LOGO e.V (4).jpg

LOGO e.V (5).jpg

LOGO e.V (6).jpg

LOGO e.V (7).jpg

LOGO e.V (8).jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech